Alisher Azizovning shartnomasi to‘xtatib qo‘yildi

  • 2 aprel, 2020, 11:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, Bangladesh chempionatida ham bir qator futbolchilarimiz to‘p surishmoqda. Jumladan, Alisher Azizov, Iqbol Boboxonov, Shukur Po‘latov, Furqat Hasanboev, Murod To‘ychiev singari hamyurtlarimiz legioner sifatida faoliyat ko‘rsatishmoqda. Biroq u erda ham koronavirus tufayli chempionat bahslari to‘xtatib qo‘yilgan. “Sheyx Russel” jamoasining etakchisi sanalgan Alisher Azizov esa u erdagi holat haqida gapirar ekan, vaziyat o‘zgarmasa shartnoma bekor qilinishi mumkinligini ham aytdi.

Tecno

- Hozircha Bangladeshdamiz, ammo bu erda ham karantin joriy qilingan, faqat bu erda kasallanganlar ozroq. Hozircha nima bo‘lishi aniq emas. Aytishlaricha, bu erda ham chempionat batamom to‘xtalishi mumkin ekan. Hozircha esa milliy birinchilik vaqtincha o‘tkazilmayapti. Shuning evaziga bizning shartnomalarimiz ham to‘xtatib qo‘yilgan. Ammo chempionat davom etadimi yoki tugatiladimi, buni bilishmayapti. Hozircha vaziyat qanday tus olishini kutib turibmiz. Agar chempionat tugatilsa, shartnomalarimiz ham bekor qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!