Aleksandr Usik Mozes Itauma bilan jang qiladimi?
Mutlaq jahon chempioni, 38 yoshli Aleksandr Usik britaniyalik bokschi Mozes Itauma bilan ehtimoliy to‘qnashuv haqida gapirdi.
“Yo‘q, men Itauma bilan jang qilmayman. U hali yosh. Faoliyatini davom ettirishi kerak. Uning karerasiga nuqta qo‘yishni istamayman. Mozes ham doim hazillashib: men ham chollar bilan urishmayman, deydi. Nima bo‘lsa ham, bu shunchaki sport ekanini unutmaylik. Men 41 yoshimgacha ringda bo‘laman, keyin esa sport akademiyasini qurib, boshqalarni o‘qitaman”, — dedi Usik "The Ring" nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Itauma professional faoliyatini 2023 yil yanvarda boshlagan. Hozirga qadar u 13 ta bahs o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba (11 tasida muddatidan avval) qozongan.



Fikrlar