Aleksandr Usik: "Agar o‘sha so‘zlar bo‘lmaganida bunday muvaffaqiyatlarga erisha olmasdim"

  • 22 yanvar, 18:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ukrainalik taniqli bokschi Aleksandr Usik havaskor boksdagi ilk jangini esladi.

Tecno

“Ilk jangimda yutqazgandim. O‘shanda o‘zimni juda yomon his qilganman. Hayolimdan esa "Sen eng zo‘r bokschi bo‘lolmaysan", degan so‘zlar o‘tdi. Murabbiyim esa: "Xavotir olma, keyingi safar g‘alaba qozonasan", dedi. Faoliyatimni yakunlashim kerakligi haqidagi o‘ylar esa meni tark etmadi. Uyga kelib, dadam bilan gaplashdim va unga yutqazganimni aytdim, u esa: “Muammo emas! Qayta urinib ko‘r”, deya javob berdi. Agar o‘sha so‘zlar bo‘lmaganida bunday muvaffaqiyatlarga erisha olmasdim" — dedi ukrainalik "The Ring Magazine" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Usik oxirgi jangida Tayson Fyurini hakamlarning qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!