Aleks Fergyuson MYu da faqat 4 ta futbolchiga baqirmagan. Ular kimlar edi?

  • 11 may, 2020, 18:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi sobiq futbolchisi Rayan Giggz afsonaviy murabbiyi ser Aleks Fergyusonning jamoadagi faoliyatini yodga oldi.

Tecno

“Jamoada ser Aleks hech qachon baqirmagan 4 ta futbolchi bor edi. Bular Erik Kantona, Brayan Robson, Roy Kin va Krishtianu Ronaldu. Ularning barchasi maydonda o‘z ishlarini bajarib, bizga g‘alaba olib kelardi. Shuning uchun Fergyuson ularni tanqid qilishni o‘rinli deb hisoblamagan. Bu ser Aleks yulduzlar bilan qanday ishlash kerakligini bilganini ko‘rsatadi. U kuchli ruhshinos edi va o‘z o‘yinchilarining bor imkoniyatlarini yuzaga chiqara olardi”, - deydi Giggz.

Fergyuson “Manchester Yunayted”ni 1986-2013 yillarda boshqardi va 38 ta sovrin qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!