
Alderveyreld "Roma"ga o‘tadi
Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Tobi Alderveyreld faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli belgiyalik futbolchi “Roma”ga ko‘chib o‘tadi. Rimliklar allaqachon u bilan kelishuvga erishishgan. Alderveyreld “bo‘rilar” bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 3 mln evro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, Alderveyreldning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar