
"Alaniya" Norchaevdan avval "Andijon" qo‘lga kiritgan hujumchiga shartnoma jo‘natganini bilasizmi?
Ayni paytda Rossiyaning “Alaniya” klubi “Nasaf” hujumchisi Husayn Norchaevning transferini hal qilayotganini bilsangiz kerak.
E’tiborlisi, qiziqarli voqealar yuz bermoqda. Boisi Vladikavkazning “Alaniya” klubi Norchaev masalasidan avval yaqinda “Andijon” bilan shartnoma tuzgan albaniyalik 24 yoshli hujumchi Rubin Xebayga jiddiy qiziqish bildirgan va ushbu o‘yinchiga 2,5 yillik - 2025 yilning 31 mayiga qadar mo‘ljallangan shartnoma jo‘natishgan.
Biroq futbolchi bu taklifga rad javobini berdi va buning albatta o‘ziga yarasha jiddiy sabablari bor. “Andijon” esa albaniyalik forvard bilan muvaffaqiyatli muzokara olib borib, u bilan kelishuvga erishganidan endi xabardorsiz.
Eng qizig‘i, Norchaev “Alaniya”ga ketdi, Xebay esa “Andijon”ga keldi. 1-turda esa Xebay aynan “Nasaf”ga qarshi o‘ynaydigan bo‘lib turibdi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar