
"Al Vahda" ustozi: Ob-havoning sovuq ekanligi ham mag‘lubiyatimizga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin
Hozirgina Toshkentning "Lokomotiv" va BAAning "Al Vahda" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahs taqdirini 6-daqiqada "temiryo‘lchilar" hujumchisi Temurxo‘ja Abduholiqov va 90-daqiqada Islom To‘xtaxo‘jaev tomonidan kiritilgan gollar hal qildi. Shu tariqa "Lokomotiv" OChLdagi yurishini g‘alaba bilan boshladi.
O‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Birinchi 25 daqiqalikda tarkibdagi muammolar sababli biz sustroq o'yin namoish etdik, 25-daqiqadayoq o'zgarish amalga oshirdik. Lekin 2- bo'limda tarkibdagi o'zgarishlar evaziga o'yinnni nazorat qilishga erishdik. Gollarga kelsak, birinchi golda futbolchilarimiz xatoga yo'l qo'yishdi, "Lokomotiv"ning 5-raqamli futbolchisi bosh bilan yaxshi o'ynashini bilar edik, biroq qo'yib yubordik. Ikkinchi gol esa chiroyli urildi, raqibni 2:0 hisobidagi g'alaba bilan tabriklayman.
BAA jamoalari uchun O'zbekiston klublari noqulay raqib bo'lib kelmoqda, bunga qanaday qaraysiz?
- Bu haqda bir nima deyishim qiyin, O'zbekistonga kelib Amirlik klublari O'zbekistonga kelib yutqazadi, xuddi shunday O'zbek klublari ham amirlikda mag'lub bo'lishadi.
Bunga ob-havoni ham sabab qilishimiz mumkin, ya'ni bu yerda havo biroz sovuq ekan...
Fikrlar