
"Al-Nassr" "Paxtakor"ga Masharipov transferining 95 foizini to‘ladi, kelishilgan narx qanchaligini bilasizmi?
Hozirgi kunda BAAning ”Shabab Al-Ahli” jamoasida to‘p surayotgan Jaloliddin Masharipov qishda “Paxtakor”dan Saudiya Arabistonining “Al-Nassr”ga klubiga transfer qilinganini bilasiz. Biroq o‘sha paytda saudiyaliklarda legionerlar limiti va yana boshqa muammolar sababli, Masharipovni ro‘yxatdan o‘tkaza olishmagan. Oqibatda, hamyurtimiz BAA klubiga ijaraga berib yuborildi. Tez orada uning ijara muddati ham yakuniga etadi.
Bizni masalaning boshqa tarafi qiziqtiradi. Bunga qadar “Al-Nassr” Masharipovning transferi bo‘yicha kelishilgan pulni “Paxtakor” hisob raqamiga o‘tkazib bermayotgani haqida eshitgandik. O‘z navbatida, “Paxtakor”ning boshqa amalga oshirishi kerak bo‘lgan rejalari ham bevosita Jaloliddinning transferidan tushadigan pulga bog‘liq edi.
Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, endilikda “Al-Nassr” klubi “Paxtakor”ga kelishilgan pulning 95 foizini to‘lagan. Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, Masharipovning transfer narxi 1,5 million AQSh dollarini tashkil qiladi.
Quyida saytimiz tomonidan Jaloliddin Masharipov bilan tashkil etilgan intervyuni to‘liq formatda tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar