
"Al-Nassr" Masharipovga raqobatchi xarid qildi
Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasi braziliyalik yarim himoyachi Anderson Souza Taliskani o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Saudiyaliklar yarim himoyachi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchining so‘nggi jamoasi Xitoyning "Guanchjou" klubi hisoblanadi.
27 yoshli Taliska faoliyati davomida "Baiya", "Benfika" va "Beshiktosh" kabi jamoalar sharafini ham himoya qilgan. Uning "Transfermarkt"dagi narxi 10 million evro etib belgilangan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumni "Shabab Al-Ahli" safida yakunlagan hamyurtimiz Jaloliddin Masharipovning ham transfer huquqi "Al-Nassr"ga tegishli hisoblanadi.
Fikrlar