
“Al-Ittifoq”: Janob Xenderson, keldingmi, ortga yo‘l yo‘q!
O‘tgan yoz “Liverpul”ni tark etib, Saudiya Arabistoni professional ligasida ishtirok etayotgan “Al-Ittifoq” tarkibiga qo‘shilgan Jordan Xenderson oradan bir necha oy o‘tib, Evropaga ketish istagida ekanini ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, tajribali futbolchiga Saudiya Arabistonidagi turmush tarzi va stadionlarda muxlislarning kamligi yoqmayapti.
Angliyaning bir necha klublari tajribali yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
“Al-Ittifoq” mutasaddilari yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi. Unga ko‘ra, 14 yanvar kuni Abu Dabi shahrida Xenderson bilan bosh murabbiy Stiven Jerrard va sport direktori Mark Allen uchrashuv o‘tkazadi va masalani ha etishga harakat qiladi.
Saudiya klubi Jordanni boshqa klubga ijarga berish yoki to‘liq transfer qilish istagida emas.
Fikrlar