“Al-Hilol” Neymarni qaydnomadan chiqarib tashladi

  • 19 yanvar, 2024, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli insayder Fabritsio Romano “Al-Hilol” hujumchisi Neymar atrofidagi vaziyat haqida ma’lumot tarqatdi.

Tecno

Uning ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistoni klubi yangi legioner Renan Lodiga joy ochish maqsadida Neymarni musobaqalar qaydnomasidan chiqargan.

Romano saudiyaliklar braziliyalik forvard bilan shartnomani bekor qilmasligini ham qo‘shimcha qildi.

Gap shundaki, Neymar o‘tgan yilning oktyabr oyida Braziliya terma jamoasi safida og‘ir jarohat oldi. 31 yoshli forvard joriy mavsum boshqa maydonga tushmasligi aniq bo‘lib ulgurgan.

Neymar “Al-Hilol” safiga 2023 yilning avgustida qo‘shilgandi. Uning transferi arablarga 90 million evroga tushgan. Shundan beri beshta uchrashuvda qatnashgan yulduz bitta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Khaydarov Fakhriddin
19/01/2024 21:41
sports.uz эмас, реклама uz бўлибтию, наҳотки шу баннерларни ўчириб қўйиб бўлмайди, жуда ҳам ноқулайлик туғдиради