
Ajoyib kambek va penaltilar seriyasidagi g‘alaba - barcha yarim finalchilar nomi ma’lum
Angliya liga kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Lester" o‘yini yakuniga etdi. O‘yinning asosiy vaqtida 3:3 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa "qizillar" 5:4 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Lester" safida Vardi dubl qayd etgan bo‘lsa, Meddison bir bora raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Mersisayd klubi tomonidan urilgan gollarga Chemberlen Jota va Minamino mualliflik qildi.
Shunday qilib, "Liverpul" "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem"dan so‘ng to‘rtinchi yarim finalchiga aylandi.
Fikrlar