
Ahmedovning jamoadoshi sobiq jamoasiga qaytmoqchi
Xitoyning “Shanxay” SIPG klubi forvardi Xalk kelajakda sobiq jamoasi “Portu”ga qaytish istagi borligini bildirdi.
Braziliyalik futbolchi 2008-2012 yillarda “Portu” sharafini himoya qilgan. So‘ngra, Sankt-Peterburgning “Zenit” klubiga ko‘chib o‘tgan.
“Qaerda do‘stlaringiz ko‘p bo‘lsa, tabiiyki siz o‘sha joyga qaytishni istaysiz. “Portu” qalbimda yashaydi va hamisha u erga qaytishni orzu qilaman. Buni bir necha bor aytganman. O‘ylaymanki yosh muammo bo‘lmaydi”, - deydi Xalk.
Fikrlar