
Ahmedovning braziliyalik jamoadoshi yana Evropaga qaytishi mumkin
Ayni damda hamyurtimiz Odil Ahmedov bilan birga "Shanxay SIPG" jamoasida to‘p surayotgan braziliyalik hujumchi Xalk yana Evropaga qaytishi mumkin.
O Jogo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli futbolchi "Portu"ga qaytishi mumkin. Eslatib o‘tish lozimki, Xalk ushbu jamoa safida 2008-2012 yillarda to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Xalkning "Shanxay SIPG" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning 31 dekabriga qadar imzolangan. Transfermarkt sayti talqini bo‘yicha uning narxi 20 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar