
Agueroning ukasi Ispaniya klubi safida to‘p suradi
Ispaniya uchinchi ligasi vakili "Olivensa" klubi Gaston De Kastilo transferini e’lon qildi.
23 yoshli argentinalik futbolchi "Manchester Siti" forvardi Serxio Agueroning ukasi hisoblanadi.
De Kastilo uchun Evropa maydonlari begona emas. Bungacha yarim himoyachi "Kadis" klubida 2016/17 mavsumni o‘tkazgan va atigi 60 daqiqa maydonda harakat qilgan.
Futbolchining so‘nggi klubi Meksikaning "Saltillo" klubi bo‘ldi. Ammo futbolchi mashg‘ulot vaqtidagi mojaro sabab klubni vaqtli tark etdi.
Fikrlar