
Aguero: "Manchester Siti" bu musobaqada favorit"
"Manchester Siti" sobiq futbolchisi Serxio Aguero "shaharliklar"ning 2025 yilda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi.
“Manchester Siti” har qanday turnirning favoriti hisoblanadi. Gvardiola g‘alaba mentalitetini qanday saqlashni biladi. Shu sababli, klub yuqori o‘rinblarni egallaydi. Ular yildan yilga yaxshi natijalar ko‘rsatishda va shuning uchun ularni bu sovrin uchun da’vogar deb hisoblash mumkin. Pep hech qachon dam olmaydi”,-dedi argentinalik sobiq hujumchi.
Pep Gvardiola shogirdlari so‘nggi 1 oy ichida juda katta qiyinchiliklarga duch kelishdi. Jamoa noyabr oyidan beri bor-yog‘i 1 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar