Aguero "Barselona"dan ketish payiga tushdi, sababi...

  • 7 avgust, 2021, 11:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning argentinalik hujumchisi Serxio Aguero hamyurti Lionel Messi jamoasidan ketgach, Kataloniya klubini tark etishni rejalashtirmoqda.

Tecno

La Porteria xabariga ko‘ra, hozirda argentinalik futbolchining vakillari bir necha hafta oldin “Barsa” bilan imzolangan shartnomani bekor qilish ustida ish olib bormoqda. Ular Agueroning ketish imkoniyatlarini to‘liq baholash uchun imzolangan shartnomani diqqat bilan ko‘rib chiqishmoqda.

Avvalroq, Messi PSJga o‘tishga juda yaqin turgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Aguero shu yoz "Manchester Siti"dan erkin agent sifatida "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!