
Aguero "Barselona"dagi taqdiriga oydinlik kiritdi
"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero jamoani tark etmaslikka qaror qildi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Nashrning yozishicha, 33 yoshli argentinalik futbolchi hamyurti va yaqin do‘sti Lionel Messi klubni tark etganiga qaramay, kataloniyaliklar safida o‘ynamoqchi.
Avvalroq, Aguero "Barsa" bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini o‘rganayotgani haqida xabar berilgandi.
Serxio Aguero “Barselona” safiga shu yoz "Manchester Siti"dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan va 2 yillik shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar