
Aguero APLda mavsumning hal qiluvchi o‘yini qaysi bo‘lganini aytdi
"Manchester Siti" forvardi Serxio Aguero APL chempionligidagi hal qiluvchi palla haqida gapirib o‘tdi.
“Biz chempionlik poygasiga qaytishimizning yagona yo‘li “Liverpul”ni mag‘lubiyatga uchratish ekanligini bilardik. Bu mavsumning hal qiluvchi pallasi edi. Biz bu o‘yinda g‘alaba qozona oldik va oradagi farqni qisqartirdik.
Navbatdagi chempionikdan mamnunman. Umid qilamanki, bu shunday davom etadi”, - deydi argentinalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” 98 ochko to‘plagan holda qatorasiga ikkinchi mavsum ham APLda tengsiz bo‘lishdi.
Fikrlar