Aguero APL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 29 aprel, 2019, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha "Manchester Siti" APLning 36-turida safarda "Byornli"ni 1:0 hisobida engdi. Shu kuni “shaharliklar”ga g‘alaba keltirgan yagona golga Serxio Aguero mualliflik qildi.

Tecno

E’tiborlisi, bu 30 yoshli argentinalik hujumchi uchun  premer-ligadagi 163-gol bo‘ldi. U ushbu musobaqaning eng yaxshi to‘purarlari reytingida afsonaviy Robbi Faulerni va 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Endi Aguero 175ta gol bilan 5-o‘rinda borayotgan Terri Anridan o‘tishga harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, Angliya premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Alan Shirer hisoblanadi. U jami 260ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!