
AGMK yig‘in o‘tkazish uchun BAAga yo‘l oldi (tarkib)
Yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun AGMK jamoasi dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini BAAning Dubay shahrida o‘tkazadi.
Ikki hafta (15 yanvar - 29 yanvar) davomida BAAning Dubay shahrida yangi mavsumga qizg‘in taraddud ko‘radigan AGMK yig‘in doirasida to‘rtta nazorat o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo‘lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.
Ma’lumot uchun, Qosimov jamoasi o‘tgan mavsum O‘zbekiston Superligasida 4-o‘rinni band etib, Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritgandi.
Murabbiylar shtabi
Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov
Katta murabbiy: Aleksandr Volkov
Yordamchi murabbiy: Hikmat Ergashev
Fitness murabbiy: Xayrulla Karimov
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy: Marat Axmerov / Aleksandr Stoymirovich
Darvozabonlar murabbiyi: Pavel Bugalo
Tahlilchi: Vitaliy Lushachev
Jamoa ma’murlari: Ruslan Shaymardanov / Sherzod Yunusov
Shifokor: Islam Abaev
Massajchilar: Abdulla Rizboev / Nurbek Jo‘raev
Operator: Sherzod Boyirov
Futbolchilar
Darvozabonlar: Botirali Ergashev, Valijon Rahimov, Dilshod Yoqubov.
Himoyachilar: Dilshod Ahmadaliev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Sardor Rahmonov, Anzur Ismoilov, Akromjon Komilov, Artyom Filiposyan, Vitaliy Denisov.
Yarim himoyachilar: Murodjon Toshmatov, Mirjamol Qosimov, Shohruh Gadoev, Xurshid G‘iyosov, Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov, Siavash Xaqnazari, Abdulla Abdullaev, Alisher Jalilov, Murat Ermatov, Sarvar Ablaev.
Hujumchilar: Mirjahon Mirahmadov, Bobirbek Sobirov, Martin Boake.
Fikrlar