
AGMK muhim o‘yin oldidan jiddiy muammoga duch keldi!
Xabaringiz bor, ertaga AGMK Superliganing so‘nggi turida "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi. G‘alaba qozongan jamoa ikkinchi pog‘onani egallash imkoniyatiga ega.
Olmaliqliklar "So‘g‘diyona"ga qarshi uchrashuv uchun jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. "Konchilar" etakchisi Sanjar Tursunov diskvalifikatsiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, bellashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 15:00da start oladi.
Fikrlar