Agent "Paxtakor" futbolchisi bo‘yicha "Jenoa" bilan muzokaralar boshlanganini tasdiqladi

  • 3 iyul, 2021, 18:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshevga Italiyaning “Jenoa” klubi tomonidan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida rossiyalik jurnalist Nobel Arustamyan xabar bergani to‘g‘risida ma’lum qilgandik. Endilikda bu xabar tezlik bilan tarqalmoqda. 

Tecno

Yo‘ldoshev xuddi Eldor Shomurodov kabi Rossiyaning ProSportsManagement agentlik kompaniyasining a’zosi hisoblanadi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Sports.uz muxbiri Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning agenti Qahhor Mo‘minov bilan bog‘landi.

yuldoshev1

Aslida u bilan Shomurodov hamda Yo‘ldoshev masalasida suhbatlashish istagida edik. Ammo agent hozir buning mavridi emasligini, tez orada vaziyatga yanada oydinlik kiritilgach, gaplashishini ma’lum qildi.

Ammo u bizga shuni aytdiki, chindan ham Yo‘ldoshev bo‘yicha “Jenoa”dan aniq taklif tushgan va ayni paytda bu klub bilan muzokaralar boshlangan. Biroq bu hali uning Shomurodov jamoasiga o‘tishini bildirmasligini, chunki “Paxtakor” himoyachisiga yana boshqa aniq takliflar ham borligini qo‘shimcha qildi. Shu bois Qahhor Mo‘minov yaqin orada Toshkentga kelib, futbolchining ota-onasi va klubi bilan bu masala bo‘yicha gaplashishini ham ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Азамат Кутыбаев
03/07/2021 20:03
Агар шунака болса бу зор
&
inson
03/07/2021 22:57
ilohim otsin amin
&
Ашуров Бахтийор
03/07/2021 22:56
Йўлдошев озроқ жисмоний ҳолатини яхшиласа,бемалол А серияда ўйнайди.