Agar u “Siti”ga kelsa, men ketaman!

  • 30 iyun, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jezus agar klub rahbariyati “Tottenxem” hujumchisi Harri Keynning transferini amalga oshiradigan bo‘lsa, klubdan aniq ketishini aytdi.

Tecno

Gabriel Jezusning atrofidagi vaziyatni “Yuventus” ustozi Massimiliano Allegri diqqat bilan kuzatib bormoqda. Italiyalik mutaxassis braziliyalik hujumchini olish imkoni topilsa, yangi tarkibni aynan uning atrofida shakllantirishni rejalashtirmoqda.

Gabriel Jezus aslida “shaharliklar”ning asosiy hujumchisiga aylanishi kerak edi. Biroq, uzoq muddat davomida argentinalik Serxio Aguero “Siti”ning asosiy to‘purari  bo‘lib keldi. Yaqinda u erkin agent sifatida “Barselona”ga o‘tib ketdi.

Xosep Gvardiola esa, anchadan beri ko‘p gol ura oladigan hujumchi qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!