Afsonaviy murabbiy vafot etdi

  • 9 aprel, 14:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Xalqaro boks shon-shuhrat zali murabbiyi Kenni Adams 84 yoshida Las-Vegasda vafot etdi. Bu haqda Sports.kz xabar bermoqda.

Adams Vetnam urushi faxriysi. U AQSh armiyasining boks bo‘yicha jamoasini boshqargan. Keyin u Olimpiya terma jamoasining birinchi yordamchisi bo‘ldi.

Aynan Adams AQSh terma jamoasining tarixdagi birinchi qora tanli bosh murabbiyiga aylandi. 1988 yilgi Olimpiadada uning jamoasi 8 ta medal (shundan 3 tasi oltin) qo‘lga kiritdi.

Shundan so‘ng Kenni professionallar bilan ishlay boshladi. Boksdagi eng ajoyib taktikalaridan xabardor bo‘lgan murabbiy hayoti davomida 25 ta jahon chempionini tarbiyaladi. 

Adams tayyorlagan jangchilar: Rey Merser, Kennedi Makkinni, Diego Korrales, Djonni Tapia, Mayk Makkallum, Freddi Norvud, Vins Fillips, Nonito Doneyr, Edvin Valero, Frenki Layls, Maykl Nann, Xorxe Linares, El Koul, Charlz Myurrey, Eddi Kuk, Semyuel Piter.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!