
Afrika Millatlar kubogi. Ilk finalchi nomi ma’lum!
Afrika Millatlar kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Nigeriya - JAR uchrashuvi nigeriyaliklarning g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 67-daqiqada Ekong hisobni ochgan bo‘lsa, Mokoena 90-daqiqada imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. O‘yinda boshqa gol urilmadi va penaltilar seriyasida Nigeriya 4:2 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, Peseyro shogirdlari Afrika Millatlar kubogi finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar