
Abbosbek Fayzullaev: Bu erga g‘alaba uchun kelganmiz
Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Eron bilan kuch sinashadi. "A" guruhining 8-turidan o‘rin olgan bahs har ikki terma jamoa uchun ham Mundial yo‘llanmasi uchun ahamiyatli sanaladi.
Mazkur to‘qnashuv oldidan termamiz bosh murabbiyi Temur Kapadze va Abbosbek Fayzullaev matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Quyida futbolchimizning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
- Ertaga juda yaxshi saviyadagi terma jamoalar o‘rtasidagi qiziqarli uchrashuv bizni kutib turibdi. Biroq biz bu erga g‘alaba uchun kelganmiz. Nasib qilsa, bor kuchimizni berib, muvaffaqiyat qozonishga harakat qilamiz.
Evropaning kuchli chempionatlariga o‘tish haqida
- Avvalambor, savol uchun katta rahmat. Biroq hozir bu savolga javob berishning vaqti emas. Bizning bor e’tiborimiz ertangi o‘yinga qaratilgan.
Fikrlar