
A Seriya. "Yuventus" "Milan" ustidan irodali g‘alabaga erishdi
"Alyants-Stedium"da kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. 39-daqiqada Kshishtof Pyontek Voytsex Shensni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib darvozani ishg‘ol etdi va hisobni ochdi.
60-daqiqada esa Mateo Musakko o‘z jarima maydoni ichida Paulo Dibalani qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi va hakam milanliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini esa jabrlanuvchining o‘zi aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.
84-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Moyze Kin "keksa sinora"ni hisobda oldingi olib chiqdi. Bellashuvda boshqa gol kiritilmadi va "Yuve" navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa Massimiliano Allegri shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 84 taga etdi va turinliklarning 2-o‘rindagi "Napoli" bilan o‘rtadagi farqi 21 taga etdi. Agarda, "Napoli" bu tur mag‘lub bo‘lsa, "Yuventus" muddatidan oldin chempionlikni hal etadi. Yo‘qsa, chempionlik kelgusi turga qoladi.
Fikrlar