
A Seriya. "Yuventus" 90-daqiqadagi avtogol evaziga "Napoli"ni mag‘lub etdi
"Alyants Stedium"da kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:3 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Danilo, Ronaldu va Iguainlar tomonidan kiritilgan gollar evaziga turinliklar 3:0 hisobida oldinga chiqib olishgan edi, ammo neapolliklar o‘zlarida iroda topib Manolas, Lasano va Di Lorentsolar tomonidan kiritilgan to‘plar tufayli muvozanatni tiklashga erishdi. Bellashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada esa Kalidu Kulibali kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘yishi natijasida "keksa sinora" muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa "Yuventus" 6 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi. 3 ochkosi bor "Napoli" esa 8-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar