A Seriya. Shomurodov o‘z goli bilan "Roma"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

  • 15 may, 2022, 01:42
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 37-turidan o‘rin olgan "Venetsiya" - "Roma" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Dastlab, ilk daqiqadayoq mezbonlar futbolchisi Okereke hisobni ochdi. 76-daqiqada hamyurtimiz Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi. 

Shu tariqa, Rim klubi hisobidagi ochkolar soni 60 taga etdi. Ayni vaqtda ular A Seriya turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. 26 ochkosi bor "Venetsiya" so‘nggi pog‘onani band etgan. 

Qayd etish lozim, Eldor uchrashuvning 60-daqiqasida Veretu o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi. 



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
15/05/2022 14:03
Xa omd bachaga
&
Каримов Нозиржон
15/05/2022 01:49
Омад Элдор