
A Seriya. "Roma" ikkinchi turda ham minimal hisobda g‘alaba qozondi (Videosharh)
A Seriya 2-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Kremoneze" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda rimliklar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Kris Smolling tomonidan 65-daqiqada urilgan gol bellashuv taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, "bo‘rilar" ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi. "Kremoneze" hisobida hozircha ochko mavjud emas.
Qayd etish lozim, legionerimiz Eldor Shomurodov ushbu o‘yinda zaxirada qoldirildi.
Marhamat, ushbu o‘yin videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar