A Seriya peshqadamlariga braziliyalik futbolchi kerak

  • 14 noyabr, 21:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Inter", "Roma" va "Napoli" klublari "Verona" futbolchisi Jivane Santanaga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

"Football-Italia" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, braziliyalik vingerning xizmatlariga 3 ta A Seriya klubi uchun ham qiziq va qishgi transferlar bozoridayoq uni sotib olishga tayyor. Santana "Verona" jamoasiga, yozda Braziliyaning "Korintians" klubidan kelib qo‘shilgandi. Uning transfer narxi 15-20 million evroga baholanmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!