A Seriya. "Inter" kutilmaganda "Komo"ni "yanchib tashladi"
Italiya A Seriyasining 14-turidan o‘rin olgan yana bir bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Kristian Kivu murabbiyligidagi "Inter" bu turda Sesk Fabregasning "Komo"si bilan kuch sinashib, 4:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
To‘qnashuvning 11-daqiqasida Lautaro Martines "Komo" darvozasini ishg‘ol qildi. 59-daqiqada Markyus Tyuram jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan holda, farqni 2 taga etkazdi. 80-daqiqaga kelib Xakan Chalxanoglu ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib Karlus Augustu o‘yindagi so‘nggi golni kiritdi (4:0).
Ma’lumot o‘rnida, milanliklar ushbu g‘alaba orqali 30 ochko bilan vaqtinchalik peshqadamga aylanib oldi. "Komo" esa 24 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Inter
- Lautaro Martínez 11'
- Marcus Thuram 59'
- Hakan Çalhanoğlu 80'
- Carlos Augusto 86'
Tugadi
4
:
0
06.12.2025 22:00



Fikrlar