
A Seriya. Bugun "Roma" o‘ynaydi. Shomurodovni asosiy tarkibda kutib qolamiz!
Bugun Italiya A Seriyasi 3-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Legionerimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" uchinchi turni o‘z maydonida o‘tkazadi. Rimliklar "Sassuolo"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
"Roma" 2-turdan so‘ng 6 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. 9-o‘rindagi "Sassuolo" hisobida esa 4 ochko mavjud.
Bugungi bahsda hamyurtimizga omad tilaymiz hamda gollar kutib qolamiz!
Fikrlar