
A Seriya. Amaldagi chempion "Napoli" yana mag‘lub etildi
A Seriya 19-turidan o‘rin olgan "Torino" - "Napoli" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
Turinliklar safida gollarga Sanabriya, Vlashich va Buongiorno mualliflik qildi. "Napoli" safida 50-daqiqada Paskuale Mazzokki qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.
Shu tariqa, ochkolari sonini 27 taga etkazib olgan "buqalar" A Seriya turnir jadvalida 10-pog‘onani band etib turibdi. "Napoli" esa 28 ochko bilan 9-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar