
"Yuventus"ning etakchi himoyachisi noma’lum muddatga safdan chiqdi
"Yuventus" himoyachisi Andrea Bartsali A Seriyaning 4-turidan o‘rin olgan "Sassuolo"ga qarshi bahsda turinliklarga yordam bera olmaydi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 37 yoshli futbolchi bugungi mashg‘ulotlarda o‘ng oyoq mushaklaridan jarohat olgan. Hozircha uning qancha muddatga safdan chiqqani noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" - "Sassuolo" uchrashuvi 16 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Fikrlar