
"Yuventus" yana bir futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi o‘zining iqtidorli himoyachisi Daniele Rugani bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.
Todomercadoweb tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 24 yoshli italiyalik futbolchiga 2023 yilga qadar tuzilgan shartnoma taklif qiladi. Agar ushbu kelishuv imzolansa, Ruganining yillik maoshi 3 mln evroga etadi.
Ma’lumot uchun, Rugani “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 5ta o‘yinda ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ruganiga “Roma”dan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar