
"Yuventus" va "Sevilya" jamoalarining sobiq a’zosi butsilarini mixga ildi
Turinning “Yuventus” hamda Ispaniyaning “Sevilya” klublaridagi faoliyati bilan tanilgan futbolchi Entso Mareska futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 37 yoshli futbolchi mavsumni Italiya V Seriyasi vakili bo‘lgan “Verona” safida boshlagan edi. Biroq, Entso chempionat yakunlanishini ham kutmay, faoliyatini tugatishga qaror qildi.
Ma’lumot uchun, Mareska “Yuventus” tarkibida 2002 yilda Italiya chempionligini, keyinroq esa “Sevilya” safida ikki bor UEFA kubogini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, Ispaniya kubogi va superkubogi hamda UEFA superkubogini g‘olibi bo‘lgan.
Fikrlar