"Yuventus" o‘z safiga "Barselona" etakchilaridan birini qo‘shib olmoqchi

  • 14 noyabr, 2018, 22:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Barselona" himoyachisi Jordi Albaga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “keksa sinora” 2020 yilda kataloniyaliklar bilan shartnomasi yakuniga etadigan ispaniyalik futbolchining hamon bu borada kelishuvni uzaytirmayotganidan foydalanib, uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Yuve” Albani jamoadan ketishi kutilayotgan braziliyalik himoyachisi Aleks Sandroga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Ammo, Jordi “Barsa” bilan shartnomasini uzaytirishga umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchi joriy mavsum “Barselona” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!