
Yan-Lennard Shtruff g‘alaba qozondi
Germaniyalik tennischi Yan-Lennard Shtruff "Sofia Open" musobaqasining ikkinchi davrasiga g‘olibona qadam tashladi.
Sofiya shahri mezbonlik qilayotgan musobaqaning birinchi davrasida Shtruff italiyalik Stefano Travalyuni 6:4, 6:3 hisobida taslim qildi.
Endi Yan-Lennard Shtruff turnirning ikkinchi davrasida gretsiyalik Stefanos Tsitsipasga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar