
Xulen Lopetegi “Levante”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bugun “Levante”ga (1:2) qarshi bahsda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz o‘tirib, qanday xatolarga yo‘l qo‘yayotganimiz haqida o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Ehtimol o‘yin dinamikasini o‘zgartirishimiz kerakdir. Muxtasar qilib aytganda, biz vaziyatlarni yaratishimiz va xavotirlanmasligimiz kerak.
Mening taqdirim hozir o‘ylayotganlarim ichida eng oxirgi o‘rinda. Oldinda bizni Chempionlar ligasida muhim uchrashuv kutib turibdi va biz ushbu bahsga tayyorlanishimiz lozim”, - deydi Lopetegi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” qatorasiga beshinchi bahsda ham g‘alaba qozona olmadi.
Fikrlar