
Xabib Nurmagomedov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi (Foto)
UFC engil vazn toifasida chempionlik kamari sohibi Xabib Nurmagomedov va uning otasi Abdulmanap Nurmagomedov Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov bilan uchrashishdi.
- Qirg‘izistonda bizni hamisha yaxshi kutib olishgan. Sooronboy Sharipovich bizni MakGregorni mag‘lub etganimiz bilan tabrikladi, - deb yozib qoldirdi Abdulmanap Nurmagomedov o‘zining instagramdagi sahifasida.
Fikrlar