Viktor Jalilov ertaga Andijonga keladi va o‘z ishini boshlaydi

  • 17 dekabr, 2018, 18:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan avvalroq mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan mutaxassislaridan biri hisoblangan Viktor Jalilov "Andijon" klubida sport direktori sifatida faoliyatini boshlagani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 66 yoshli mutaxassis ertaga Andijonga keladi va o‘zining ish faoliyatini boshlaydi. Ertaga shuningdek Viktor Jalilov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun,  Viktor Romanovich murabbiy sifatida «Navbahor», «Mash’al», «Paxtakor» singari mamlakatimizning nomdor jamoalarini boshqarib, sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, "Andijon" bosh murabbiyi Eldor Sakaevga shuningdek bosh murabbiy yordamchisi sifatida yana bir taniqli mutaxassis Amet Memet yaqindan yordam beradigan bo‘ldi. O‘z vaqtida ma’lum muddat bosh murabbiy sifatida «Andijon»ni boshqargan Amet Abdullaevich endilikda katta murabbiy lavozimida faoliyat yuritadigan bo‘ldi. Bir necha yillardan buyon, Ukrainada istiqomat qilib kelayotgan Memet hozirda «Andijon»ga yuqori saviyadagi legionerlarni jalb etish yuzasidan ish olib borayotganini ta’kidlash lozim. Tez kunlarda Amet Memet ham Andijonga tashrif buyuradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!