
Vidal omadini "Barselona"da sinab ko‘rmoqchi, ammo...
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal faoliyatini qaerda davom ettirmoqchi ekanligi haqida ma’lum qildi.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli chililik futbolchi o‘ziga jiddiy qiziqish bildirayotgan “Inter”ga emas, “Barselona”ga o‘tmoqchi va aynan “Kamp Nou”da o‘z kuchini sinab ko‘rmoqchi.
O‘z navbatida kataloniyaliklar ham Vidalni jamoaga olib kelish masalasini muhokama qilishgan. Ular "Guanchjou Evergrand"ga qaytib ketgan Paulinoning o‘rniga aynan chililik futbolchining kelishini ko‘zlashgan edi. Biroq, yakunda “Barselona” biroz yoshi o‘tib qolgan Vidalni sotib olishdan bosh tortgan.
Ko‘ramiz, balkim vaqt o‘tishi bilan "Barselona"ning fikri o‘zgarib qolar, balkim "Inter" unga qadar Vidalni o‘z safiga qo‘shib olar.
Fikrlar