
Velosportchimiz Shveytsariyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi
Velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Shveytsariyada professional velosportchilar o‘rtasidagi xalqaro «Track Cycling Challenge» musobaqasida ishtirok etishayotgandi. Quvonarlisi turnirda yurtimiz sharafini himoya qilgan Olga Zabelinskaya guruh poygalarida barcha raqiblaridan yaxshi natija ko‘rsatdi (48 ochko) va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Lidiya Boylan (46 ochko, Irlandiya) va Elena Chekkini (44 ochko, Italiya) ga nasib qildi.
Eslatib o‘tamiz, Zabelinskaya kuzda Frantsiyada o‘tkazilgan «Chrono des Nations» xalqaro musobaqasida ishtirok etib, O‘zbekiston terma jamoasiga dastlabki oltin medalini taqdim etgandi.
Fikrlar