Velosportchilarimiz Turkiyaga yo‘l olishdi

  • 6 fevral, 2019, 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
CHERY AUTO

Bugun, 6 fevral kuni velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va xalqaro turnirlarda ishtirok etish uchun Turkiyaning Alanya shahriga jo‘nab ketishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Hamyurtlarimiz mazkur yig‘in doirasida Tokio Olimpiadasiga reyting ballarini taqdim etuvchi musobaqada ham qatnashadilar. Shuningdek, Turkiyadagi yig‘inda velosport yo‘nalishida etakchi hisoblangan mamlakat vakillari ham ishtirok etadilar. Bu esa o‘z navbatida sportchilarimizga tajriba almashish uchun ayni muddao bo‘ladi. Mazkur yig‘in Toshkentda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini ham bajaradi.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari 12 martga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!