Velosport. Osiyo chempionatiga tayyorgarlik davom etmoqda

CHERY AUTO

Velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari navbatdagi yig‘inga kirishdilar. Aleksey Fomovskiy, Danil Evdokimov, Nikita Stenkovoy, Dmitriy Sirko, Yanina Kuskova va boshqa sportchilar murabbiy Vadim Shaexov boshchiligida Toshkent shahridagi velotrek majmuasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishmoqda. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari joriy yilning 26-29 dekabr kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan «Rossiya milliy kubogi» hamda 8-13 yanvar kunlari Jakartada o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonlaridan biri hisoblanadi. 10 dekabr kuni boshlangan yig‘in 24 dekabrga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!