
Valverde iste’foga chiqishdan qo‘rqmayapti
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde o‘z lavozimidan iste’foga chiqishdan qo‘rqmasligini aytdi.
“Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman va rahbariyatning meni qo‘llab-quvvatlashiga to‘liq ishonaman”, - deydi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” La Liga doirasida o‘tkazilgan so‘nggi 2ta o‘yinda bor yo‘g‘i 1 ochko ishladi. Dastlab “Jirona” bilan durang qayd etgan bo‘lsa, keyinroq “Leganes”ga yutqazib qo‘ydi.
Fikrlar