
Valverde: Rakitichni "Barselona"da saqlab qolishni rejalashtiryapman
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitichni tarkibda saqlab qolish istagida ekani haqida gapirib o‘tdi.
“Rakitich – dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan biri. U bizning qanday uslubda o‘ynashimizni yaxshi biladi va bu jamoaning bir qismi hisoblanadi. Biznes emas, g‘alaba muhim. Rakitich jamoada muhim ahamiyatga ega futbolchi va men uni tarkibda saqlab qolishni rejalashtiryapman. Umid qilamanki Ivan jamoada qoladi”, - deydi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq PSJ Rakitich uchun “Barselona”ga 100 million evro taklif qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar