
Uychi tumanida "Xotira-79" o‘rniga boshqa bir jamoa paydo bo‘ldi
O‘tgan mavsum Pro-liga “B” guruhida ishtirok etgan Namangan viloyati Uychi tumanining “Xotira-79” klubi bu yilgi chempionat bahslarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Namanganlik muxbirimiz Azizbek Abdug‘anievning bergan ma’lumotlariga ko‘ra joriy mavsum “Xotira-79” klubi o‘rniga Uychi tuman Yoshlar ittifoqining “Ittifoq” jamoasi ishtirok etadi. Ushbu klubga “Xotira-79” va “Kosonsoy” jamoalarida faoliyat olib borgan tajribali mutaxassis Mehmon Solixo‘jaev murabbiylik qiladigan bo‘ldi.
“Ittifoq” jamoasi ayni damda yangi mavsumga Uychi tumani maraziy o‘yingohida tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Pro-liga "B" guruhida Yoshlar ittifoqining boshqa bir jamoasi - "Iftixor" klubi ishtirok etgan edi.
Fikrlar